Sayyor qabul: “Qurama”ga toza ichimlik suvi keldi

22.09.2018, 16:30

Sayyor qabul: “Qurama”ga  toza ichimlik suvi keldi

O‘zLiDeP Oltinsoy tuman Kengashi “Qurama” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul tashkil etdi.

Qabulda hudud ahli tomonidan ishga kirish, kredit olish, ichki yo‘llanlarni ta’mirlash, ichimlik suvi va boshqa masalalarga oid 20ga yaqin murojaat kelib tushdi.

Xususan, shu mahallada yashovchi Islom Omonturdiyev toza ichimlik suvi tanqisligidan shikoyat qildi. Uning murojaati shu yerning o‘zida “Suvoqava” davlat unitar korxonasi mas’ullari bilan o‘rganilib, joyida hal etildi.

Sayyor qabulda so‘z olgan X.Rajabova, B.Jalilova, Z.Shamsiddinovalar esa ishga kirishda ko‘mak so‘radi. Mazkur murojaatni xalq noibi, O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi A’zam Mamatmo‘minov o‘z zimmasiga olib, muammoni ijobiy hal etib berishini ma’lum qildi.

Umuman, uchrashuv davomida aholi tomonidan turli masalalarga oid kelib tushgan murojaatlarning aksariyati, shu yerning o‘zida hal etildi. Qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar qattiq nazoratga olindi.

O‘ral OLTIBOYEV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

 Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    1508
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-24 14:54:53

Борган сари жойларда ўтказилаётган сайёр қабулларнинг самараси тоборо кўзга ташланмоқда. Бу борада ҳурматли депутатларимизнинг ҳам хизматлари беқиёс. Чарчаманг!


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-09-24 08:30:40

O‘zLiDeP Олтинсой туман Кенгаши депутатларининг амалий ишлари халкимизнинг розилиги учун, уларнинг огирини енгил килиш муоммаларини шу жойнинг узида хал килиниши энг аввало халкимизга деган эътибор. Партиямизнинг маскад вазифаларини таргиб килиш борасидаги тагрибот ишларининг сарардорлиги уз узидан сафимиз кенгайишига асос булмокда


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-09-22 20:46:59

Халқ фаровонлигига тўсиқ бўлаётган бу каби муаммоларнинг жойида мутассади ташкилотларни жалб этган ҳолда партиямиз томонидан ҳал этилиши партиямизнинг давлат бошқарувида сезиларли таъсирга эга бўлиб бораётганлигидан дарак беради. Эзгу ишларингида омад тилаймиз, ҳурматли Олтинсойлик партиядошлар!


Fikringizni qoldiring

+