Qumqo‘rg‘onda yil oxiriga qadar 212 mlrd. 135 mln. so‘mlik 111 ta yangi loyiha ishga tushiriladi

24.09.2018, 10:57

Qumqo‘rg‘onda yil oxiriga qadar  212 mlrd. 135 mln. so‘mlik 111 ta yangi loyiha ishga tushiriladi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi  bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman moliya bo‘limi boshlig‘i X.Choriyevning hisoboti tinglandi.  

– Joriy yil davomida tuman mahalliy budjetiga qo‘shimcha 13.8 mlrd. so‘m mablag‘ undirilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davri davomida 4.3 mlrd. so‘m mablag‘ undirildi, – deydi X.Choriyev. – Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida joriy yilda qiymati 212 mlrd. 135 mln. so‘mlik 111 ta yangi loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunga qadar jami qiymati 41 mlrd. 109 mln. so‘mlik 54 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, 306 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, tumanda yetishtirilayotgan meva, sabzavot va poliz mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan qiymati 11 mln. 22 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha doirasida 80 dan ortiq kishining bandligi ta’minlanishi belgilangan.  Hozirgi kunda barcha korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 80 foizi eksport qilinmoqda.

Shu bilan bir qatorda tumanda umumiy qiymati 52 mln. AQSh dollariga teng  bo‘lgan ingichka tolali paxtani qayta ishlash orqali eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish  ko‘zda tutilgan.

Ushbu yirik loyihaning ishga tushirilishi natijasida 6,6 ming tonna ip kalava va 2,7 ming tonna merserizatsiyalangan ip kalava, 655 tonna trikotaj matolari  hamda  1 mln. 156 ming dona tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan deputatlik guruhi a’zolarining fikr-mulohazalari tinglandi.

         Muhammadi Mamadaliyev,  

O‘zLiDeP Surxondaryo

viloyat Kengashi deputatlar

bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2852
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

otabek2019-03-22 01:28:33

Menga qolsa arzon uy joylarni boshlang'ich badal bilan ham yoki aholining ushab turgan uyini ham malum qiymatga hisoblab noshlang'ich badal puli tolansa shu maqul agar uyning tan narxi badal pulidan yuqori bolsa uni malum foizi davlat hisobida qolib qolgani naqd shaklda fuqoroga qaytarilsa shu ham menimcha yaxshi fikr


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-24 14:42:05

Ҳудудларда янги лойиҳаларнинг ишга туширилиши биринчидан ушбу ҳудуднинг иқтисодий ривожланишига сабаб бўлса, иккинчидан эса ҳудуддаги аҳолининг ишсиз қатлами иш билан таъминланишига эришилади.


Fikringizni qoldiring

+