“Salomov Ziyo Ziyoyevich” fermer xo‘jaligida BPT tashkil qilindi

24.09.2018, 11:09

“Salomov Ziyo Ziyoyevich” fermer  xo‘jaligida BPT tashkil qilindi

O‘zLiDeP Samarqand tuman Kengashi tomonidan tumandagi “Salomov Ziyo Ziyoyevich” fermer xo‘jaligida “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar­­ – kelajagimiz” Davlat dasturlarining targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv uyushtirildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi raisi Abdujabbor Umarov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlashga  doir qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati haqida gapirdi.

– Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilayotgan shart-sharoitlardan har bir fuqaro oqilona foydalanib, hech bo‘lmaganda, tomorqasida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ysa ham, oilaviy budjetiga foyda keltiradi, – deydi A.Umarov. – Xususan, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida berilayotgan imkoniyatlar mamlakatimizda oilalar faravonligini oshirishning muhim kafolatidir. Bundan barcha fuqarolarimiz, jumladan, “Salomov Ziyo Ziyoyevich” fermer xo‘jaligi ishchi-xodimlari ham samarali foydalanishi kerak.    

Tadbir so‘nggida fermer xo‘jaligining 10 ga yaqin ishchi xodimlari partiya safiga qabul qilinib, xo‘jalikda boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1060
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-09-24 14:39:07

Жойларда аҳоли билан мулоқотларда "Ҳар бир оила тадбиркор" Давлат дастурининг мазмун моҳияти халққа кенг тушинтирилмоқда. Ушбу Давлат дастури доирасида тадбиркорликни бошламоқчи бўлганларга имтиёзли кредитлар ажратилмоқда.


Fikringizni qoldiring

+