O‘zLiDeP “Mega stars flowers”da BPT tuzdi

25.09.2018, 11:40

O‘zLiDeP  “Mega stars flowers”da BPT tuzdi

Namanganlik Hakima Toshmatova “Mega stars flowers” korxonasida temir panjaralar, bejirim temir darvozalar va 30dan ortiq turdagi  po‘latdan yasalgan naqshlar ishlab chiqaradi.

— Tayyorlanayotgan har bir mahsulotni san’at darajasida tayyorlanishiga alohida e’tibor qaratamiz, – deydi H.Toshmatova. — Har bir buyurtmani mijozlarning didi va xohishidan kelib chiqib, tayyorlashga harakat qilamiz. Shu bois mijozlarimiz ishimizdan mamnun, mahsulotlarimiz xaridorgir.

Ta’kidlash kerak, hozirda partiyaning chinakam faoliga aylangan Hakima Toshmatova partiya g‘oyalarini targ‘ib qilishda ham alohida tashabbus ko‘rsatmoqda. Kuni kecha u rahbarlik qilayotgan korxonada 30 nafar partiya a’zolarini o‘zida birlashtirgan yangi BPT tuzildi.

Yana bir gap. Tadbirkor taklifi bilan korxona ishchi-xodimlarining siyosiy savodxonligini oshirish, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida haftaning har shanba kuni xodimlar uchun siyosiy darslar tashkil etishga kelishib oldi.

Sevara MUSLIMOVA,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya qo‘mitasi

Ayollar bilan ishlash

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    963
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Халқ депутатлари Мирзаобод туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳининг ижрочи котиби Р.Қўшбоқов2018-09-25 18:46:44

Тадбиркор O‘zLiDePнинг фаоли Ҳ.Тошматовага ушбу янги тузилган “Mega stars flowers” корхонаси БПТга қабул қилинган аъзолар сони бунданда кўпайишини ҳамда партиянинг мақсад ва вазифаларини тарғиб қилишдаги ишларида янада мувафаққиятлар тилаб қоламиз.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-09-25 17:21:50

Наманганлик Ҳакима Тошматова “Mega stars flowers” корхонасидан очилган янги БПТ га омадлар тилаймиз, сафдошларимиз тадбиркорлар билан янада купаяверсин.


С.Рузметова халқ депутатлари туман Кенгаши депутати2018-09-25 16:21:26

“Mega stars flowers” корхонасидаги аъзолар сони кўпайиб бошланғич партия ташкилоти тузилишига бош-қошчилик қилиб турган корхона раҳбари тадбиркор аёл Н.Хошматовага келгуси ишларида зафарлар тилаб қоламиз


Вохидова Азиза Хасановна Навоий вилояти"Кармана туман Фермерлар кенгаши" номли БПТ раиси 2018-09-25 13:00:24

Партиямизнинг янги аъзолари учун сиёсий дарслар ўтилишини йўлга қуйиш сиёсий саводхонликни оширишга хизмат қилади. Хакима Тошматовага омад тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+