“Prezidentimiz qarori biz uchun keng imkoniyat yaratdi”, deyishmoqda surxondaryolik tadbirkorlar

26.09.2018, 10:28

“Prezidentimiz qarori biz uchun keng imkoniyat yaratdi”, deyishmoqda surxondaryolik tadbirkorlar

Angor tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi yurtboshimizning “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va keng jamoatchilik vakillariga  tushuntirishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, tuman Adliya bo‘limi xodimlari, tadbirkorlar, fermerlar, mutasaddi idora va tashkilot vakillari ishtirok etdi.

– Qarorda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, bo‘sh turgan ob’ektlar, yer uchastkalari hamda boshqa infratuzilmalardan samarali va oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan, – deydi tuman adliya bo‘limi mutaxassisi Dildora Yo‘ldosheva. – Qarorga muvofiq, hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyalari hamda hududiy guruhlari tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, tashkil etilgan hududiy guruhlarning vazifasi tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish va ularning muammolarini o‘rganishdan iborat.

– Ushbu qaror tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi, – deydi “The best-matress” MChJ rahbari Akmal Qodirov. – Endilikda biz bo‘sh turgan ob’ektlar va foydalanilmayotgan yerlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish bilan bir qatorda, mazkur binolarni 10 kun ichida olishimiz ham mumkin. Bu esa faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lib yurgan men kabi tadbirkorlar uchun ayni muddao.

          Tursunali ABDULLAYEV,

  O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1202
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+