Qashqadaryolik maslakdoshlarimiz soni 390 nafarga ko‘paydi

03.10.2018, 16:32

Qashqadaryolik maslakdoshlarimiz soni  390 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Qashqadaryo viloyat Kengashi xodimlaridan iborat ishchi guruh shu yilning 16-18 avgust hamda 7-9 sentabr kunlari aholi bilan muloqot qilgan edi.

Suhbat va muloqotlar chog‘ida aholi tomonidan ishsizlik, kommunal, huquqiy, ijtimoiy va boshqa masalalarga oid qator muammolar ko‘tarilgan edi.

–Ochig‘i, o‘rganishlar davomida har bir fuqaroning murojaatini atroflicha o‘rgangan holda, ularga ijobiy yechim topishga harakat qildik, – deydi O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi apparat-rahbari O.Sherov. –Masalan, 289 nafar mehnatga layoqatli fuqarolardan 96 nafarini doimiy ish bilan ta’minladik, 87 nafar fuqaroga imtiyozli kredit olishda ko‘maklashdik. Shuningdek, kommunal sohaga oid 339, huquqiy sohaga oid 6, ijtimoiy sohaga oid 365 ta muammolarga yechim topdik.   

Ta’kidlash kerak, mazkur muloqotlar davomida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 390 nafar fuqaro O‘zLiDeP safiga qabul qilindi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1112
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Н.Рузиева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-10-03 16:55:31

Партиямиз фаолларидан иборат ишчи гуруҳларнинг самарали фаолиятига гувоҳ бўлмоқдамиз.


Fikringizni qoldiring

+