O‘zLiDeP D. Usmonovaga 2 yoshgacha bola ta’minoti uchun belgilangan yordam pulini olib beradi
09.10.2018, 17:02

O‘zLiDeP Buvayda tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolaridan iborat ishchi guruh Buvayda tumani “Beklar” mahallasida bo‘lib, aholi bilan uchrashdi. Uchrashuvlar davomida 144 ga yaqin muammolar aniqlanib, ularni barataraf etish chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Jumladan, 43 ta xonadon vakillari suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetib kelmasligi bo‘yicha, 9 nafar fuqaro munosib ish topa olmayotgani bo‘yicha 5 nafar xonadon vakillari esa ichimlik suvi bo‘yicha muammolar mavjudligini bildirdi.
“Beklar” MFY “Qo‘qon yo‘li” ko‘chasi 17-uyda istiqomat qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkor Erkinjon Mahkamov bir necha yildan beri temirchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Tadbirkor belgilangan soliq to‘lovlari uning tadbirkorligini rivojlantirishda salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Tadbirkorga “Hunarmand” uyushmasi haqida tushuncha berildi. Uyushmaga a’zo bo‘lgan holda faoliyat yuritsa, bir qancha soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkinligi tushuntirildi.
Shu manzilning 17-xonadonida yashovchi Dilfuza Usmonovaning 7 oylik farzandi bor. U 2 yoshgacha bola ta’minoti uchun belgilangan yordam pulini ololmayotgani haqida murojat qildi. Mazkur murojaat MFY idorasida partiya hamda mutasaddi vakillar bilan o‘rganilib, sentabr oyi yakunida bo‘lib o‘tadigan komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
Sh. Tolipova,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Deputat mahallada: “Temir daftar”dan 30 ta oilani chiqarishda ko‘maklashildi
16.04.2021, 15:02
-
Ertasini o‘ylagan mamlakat yoshlarini e’tiborsiz qoldirmaydi
16.04.2021, 09:45
-
“Bog‘bon” agrokompleksida tashkil qilingan “In vitro” laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi
15.04.2021, 16:50
-
Yoshlarga ko‘plab imkoniyat va qulayliklar berildi
15.04.2021, 11:04
-
Yoshlarimiz bandligini ta’minlashda tadbirkorlar bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi
15.04.2021, 10:29
Bildirilgan fikrlar
Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-10-10 17:06:13
Депутатлар бугунги кунда аҳоли билан самарали фаолият олиб бормоқда.