Milliy bank Farg‘ona filialida O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini ish boshladi

16.10.2018, 16:55

 Milliy bank Farg‘ona filialida  O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini ish boshladi

“Milliy bank” Farg‘ona filialida O‘zLiDeP Farg‘ona shahar  Kengashi “O‘zLiDeP bilan yuksalish sari” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etdi.

Tadbirda O‘zLiDeP va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi o‘rtasida imzonlangan hamkorlik memorandumi asosida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

– Bugungi uchrashuv keng qamrovli, samarali ishlarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi, – deydi “Milliy bank” Farg‘ona filiali xodimi Rustamjon Qodirov. – Biz asosan O‘zLiDeP elektorati bo‘lgan tadbirkorlar bilan ishlaymiz. Mijozlariga har tomonlama sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish, tadbirkor va bank o‘rtasida o‘zaro ishonchli munosabatlarni shakllantirishda partiya bilan hamkorligimiz o‘z samarasini berishiga ishonamiz.

Tadbir yakunida partiya safiga kirish istagini bildirgan 23 nafar bank xodimlariga O‘zLiDeP a’zolik guvohnomalari topshirildi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1967
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+