Samarqanddagi “Happy mama”da O‘zLiDePning quyi bo‘g‘ini ish boshladi

18.10.2018, 17:45

Samarqanddagi “Happy mama”da O‘zLiDePning quyi bo‘g‘ini ish boshladi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faollari Samarqand shahridagi “Happy mama” (Baxtli ona) tibbiy diagnostika markazida bo‘lishdi. Uchrashuvda mamlakatimizda xususiy mulkka, tadbirkorlikka, xususan aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor va shart-sharoitlar xususida so‘z bordi. Tibbiy markaz rahbarining aytishicha, bu yerda qo‘shimcha bo‘limlari tashkil etilishi evaziga yana 10 nafar tibbiyot xodimlari ish bilan ta’minlanadi.

– Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorning rolini oshirish, xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantirish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara bermoqda, – deydi “Happy mama” tibbiy diagnostika markazi direktori Parvina Kim. – Prezidentimizning 2017 yil 1 apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Uchrashuv yakunida “Happy mama” tibbiy diagnostika markazida O‘zLiDePning quyi bo‘g‘ini tashkil etilib, 13 nafar ishchi-xodimi partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Nasiba Mo‘minova,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1670
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+