“Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanloviga eng munosiblar saralanmoqda

24.10.2018, 15:38

“Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”  tanloviga eng munosiblar saralanmoqda

“Ravon taraqqiyot orzusi” mas’uliyati cheklangan jamiyati nafaqat Andijon tumanida mahsulotlari bilan obro‘ qozongan korxonalardan biri. Korxona ishlab chiqarayotgan kalach va rezina oyoq kiyimlarining sifati xaridorlarni qoniqtiradi. Jamiyat qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti 2007 yilda atigi 10 nafar a’zo bilan tuzilgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 200 nafarga yetdi. Bu esa, o‘z navbatida, quyi tuzilma faoliyatining yuqori marralarni qayd etayotganidan darak.

– “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanloviga hujjatlarimizni topshirganimizda, ochig‘i, ikkilangandik, – deydi BPT raisi Xabibullo Quchaqov. – Chunki tanlov g‘olibligiga tumanning eng salohiyatli korxona va tashkilotlaridagi tayanch tuzilmalar hujjat topshirgan edi. Biroq hakamlar hay’ati hujjatlarimizni, a’zolar ro‘yxatini, tarqatma materiallarini o‘rganib chiqib, boshlang‘ich partiya tashkilotimizni viloyat bosqichida qatnashishga loyiq, deb topishdi.

Ayni shu tanlovning quyi bosqichlari viloyatning Marhamat, Izboskan, Baliqchi tumanlari hamda Andijon shahrida ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Jumladan, Marhamat tumanidagi Turon o‘quv markazi qoshidagi, Izboskan tumanidagi “Andijon Neftbaza” MChJ Poytug‘ filiali qoshidagi quyi tuzilmalar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etishadi.

Odinaxon Turg‘unova,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi tashkiliy partiyaviy

ishlar bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    970
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-25 09:07:15

Хар бир сохадаги каби йил якунида партиямизнинг куйи бугини булган жойлардаги бошлангич партия ташкилотларининг иш фаолиятлари урганилиб "Энг намунали бошлангич партия ташкилоти" курик танлови утказилиб голиблари саралонмокда. Танловда голиб булган Хабибулла акамизни табриклаймиз, келгуси боскичда омад яр булишини тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+