O‘zLiDeP faol ayollarni taqdirladi

26.10.2018, 16:56

O‘zLiDeP faol ayollarni taqdirladi

O‘zLiDeP Urgut tuman Kengashi O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “O‘zLiDeP – tadbirkor ayollar manfaatlari himoyachisi” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

– Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tuman markazidan olisda joylashgan mahallalar aholisini tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirishdir, – deydi O‘zLiDeP Urgut tuman Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Adashoy Sattarova. – Shuningdek, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ayollar bandligini ta’minlash, provardida esa xalq farovonligi va oilalar tinchligini ta’minlash bosh maqsadimizdir.  

Tadbir yakunida O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan partiya dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilishda faol ishtirok etgan, partiyaviy loyihalarda qatnashgan bir guruh xotin-qizlar taqdirlandi.

Marhabo Cho‘liyeva

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

 Kengashi  bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    923
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир тумани 2018-10-27 09:09:12

Жамиятимиз ривожидаги аёл кизларимизнинг урни ва роли катта. Хозирги кунда уларни куллаб кувватлаш давлат сиёсати даражасида. Биз албатта фаол опа сингилларимиз билан мактанамиз ва келгуси ишларига каттадан-катта ютуклар тилаймиз.


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-10-26 19:36:11

Аёлларни эъзозлаш, улар меҳнатини эътироф этиш, қадрлаш, рағбатлантириш, янада юксакка кўтариш, ҳаётда, жамиятда ўз ўрнини топишига, ўз бизнеси ва тадбиркорлигини ривожлантириш кўмаклаш-партиямизнинг устувор вазифаларидан биридир. Бу каби тадбирларнинг ўтказилиши, фаол аёлларнинг тақдирланишлари бу вазифалар ижросидир.


Fikringizni qoldiring

+