Yangiqo‘rg‘onda tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi qoshidagi quyi bo‘g‘in g‘olib deb topildi

28.10.2018, 18:10

Yangiqo‘rg‘onda tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi qoshidagi quyi bo‘g‘in g‘olib deb topildi

O‘zLiDeP  tashkil etilganining 15 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” ko‘rik-tanlovining Yangiqo‘rg‘on tuman bosqichi yakunlandi. Tanlovda tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi qoshidagi quyi bo‘g‘in g‘olib deb topildi.

– Boshlang‘ich partiya tashkilotimiz o‘z tarkibiga 12 nafar partiya a’zosini jamlagan, – deydi korxona qoshidagi BPT raisi Ikromjon Qayumov. – Kelgusida safimizni yanada kengaytirib, partiya hayotidagi ishtirokimizni yaxshilash niyatidamiz. Bundan tashqari, elektoratimiz manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishda yanada faol ishtirok etamiz.

Joylarda mazkur tanlovning tuman bosqichlari hal qiluvchi pallaga kirgan.

Rustamjon Mirazimov,

O‘zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman

Kengashi apparat rahbari

Teglar
BPT #uzlidep15
  • Ko'rildi
    1570
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-10-29 08:44:35

Энг намунали БПТ танловида голиб булган Янгиқўрғонлик партиядошларимизни табриклаймиз. Уларнинг ишларидан барча БПТ лар намуна олади деб умид киламиз


Fikringizni qoldiring

+