8 kishiga kredit olishda yordam bergan quyi bo‘g‘in “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovining viloyat bosqichida qatnashadi

30.10.2018, 09:37

8 kishiga kredit olishda yordam bergan quyi bo‘g‘in  “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”  tanlovining viloyat bosqichida qatnashadi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan partiya tashkil topganligining 15 yilligi munosabati bilan “O‘zLiDeP yuksak marralarga chorlaydi” ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan edi.

Ayni kunlarda Kosonsoy, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida tanlovning “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanmoqda. “Nammator servis” korxonasi qoshidagi quyi bo‘g‘in tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan boshlang‘ich tashkilotlardan biri. 

–“Nammator servis” MChJ qoshida 2014 yilda O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini  tashkil etilgan edi, – deydi BPT yetakchisi, xalq noibi Baxtiyor Bekmirzayev. – Korxona ishchilarining aksariyati yoshlardan iborat. Xodimlardan 46 nafari partiya a’zolaridir. O‘tgan yil davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida yurgan 8 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratishda ko‘maklashdik.  

Ta’kidlash kerak, ayni chog‘da mazkur korxona faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida 3 gektar maydonda qurilish ishlari olib bormoqda. Ob’ekt 2019 yilning 1 sentyabrida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Korxona ishga tushgach, 100 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Rustamjon XAKIMOV,

O‘zLiDeP viloyat Kengashi

bo‘lim boshlig‘i

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT #uzlidep15
  • Ko'rildi
    857
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+