Samarqandlik maslakdoshlarimiz soni yana 300 nafarga ko‘paydi

30.10.2018, 09:51

Samarqandlik maslakdoshlarimiz soni   yana 300 nafarga ko‘paydi

Hozirgi kunda O‘zLiDeP a’zolarining 49 foizini yoshlar tashkil etadi. Shu bois, bugun partiya “Yoshlar qanoti” tomonidan yoshlar o‘rtasida 10 ga yaqin loyihalar hayotga tatbiq etilgan.  

O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan Samarqand tumanidagi Gulobod ijtimoiy iqtisodiyot kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda partiyaning yoshlarga oid loyihalari mazmun-mohiyati keng muhokama qilindi.  

Tadbirda “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturlari, shuningdek, O‘zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida yoshlarga tushunchalar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.  

Tadbir so‘nggida 300 nafardan ortiq yigit-qiz O‘zLiDeP safiga qabul qilindi.

Q.ShOYIMOV,

O‘zLiDeP viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    976
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+