Yoshlar – kelajagimiz poydevori
30.10.2018, 10:00
O‘zLiDeP Yangiyo‘l shahar Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan shu mavzuda tadbir tashkil etdi.
Tadbirda Xalq deputatlari shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya “Yoshlar qanoti” a’zolari, tadbirkor va ishbilarmonlar hamda o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.
– Dastlab 2 nafar ishchi-xodim bilan faoliyat boshlagan edik, – deydi “Sabina Nazar Kutyur” MChJ rahbari Sabina Abdunazarova. – Hozirga kelib, ularning soni 40nafardan oshdi. Loyihalarimizni hayotga tatbiq etish va faoliyatimni kengaytirishda O‘zLiDeP yaqindan ko‘mak berib kelyapti. Shu kunlarda ham partiya ko‘magida imtiyozli kredit olib, yangi ish o‘rinlari yaratish niyatida yuribmiz.
Tadbirda shuningdek, “Yoshlar - kelajagimiz” va “Har bir oila – tadbirkor” Dasturlari doirasida yoshlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida kengroq ma’lumotlar berildi.
O‘zLiDeP Toshkent viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring