Bulung‘urning “Eng faol deputat”i va “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” aniqlandi

30.10.2018, 10:08

Bulung‘urning “Eng faol deputat”i va “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” aniqlandi

Bulung‘urda “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi eng faol deputat” hamda “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Z.Aliqulova keyinggi yillarda mahalliy Kengashlardagi deputatlarning faolligi sezilarli darajada oshganini ta’kidladi.

 – Partiyamiz tashkil etilganining 15 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan mazkur tanlov faoliyatimizni sarhisob qilish barobarida xato va kamchiliklarimizni bartaraf etish uchun muhim omildir, – deydi O‘zLiDeP Bulung‘ir tuman  Kengashi apparati rahbari A.Turayev. –  Uchrashuv davomida o‘tgan davr mobaynida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan tegishli xulosa chiqargan holda, galdagi vazifalarni belgilab oldik.

Tanlovda O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Aliqul Ahmedov “Eng faol deputat”, “Cho‘yantepa” MTP qoshidagi BPT esa “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” deb topildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    916
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-10-30 12:21:53

Партиямиз ташаббуси билан жойларда утказилаетган “Халқ депутатлари маҳаллий Кенгашлардаги энг фаол депутат” ҳамда “Энг намунали бошланғич партия ташкилоти” танловининг туман босқичлари голибларини табриклаймиз. Танловнинг Республика боскичларида хам голиб булишини тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+