Jomboydagi tarafdorlarimiz soni 10 nafarga ko‘paydi
31.10.2018, 11:27

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Yuksak maqsadlar ro‘yobi – O‘zLiDeP bilan” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etdi.
Tadbirda so‘z olgan partiya tuman Kengashi apparat rahbari Zebo Yusupova partiyaning dasturiy maqsad va g‘oyalari, o‘tgan 15 yil davomida O‘zLiDeP tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va galdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
– O‘tgan davr mobaynida yurtimizda tadbirkorlarning safi kengayishi, kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi evaziga yurtimiz iqtisodiyoti barqarorlashdi, – deydi Z.Yusupova. – Bugun mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar O‘zLiDePning dasturiy maqsad va g‘oyalari bilan hamohangdir. Biz partiya faollari bu bilan faxrlangan holda, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlar targ‘ibotini kuchaytirishdan manfaatdormiz.
Tadbirda partiya safiga kirish istagini bildirgan 10 nafardan ortiq yoshlarga partiya a’zolik guvohnomasi topshirildi.
Baxtigul QARShIYEVA,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yangi O’zbekistonning yanada taraqqiy etishi uchun bor kuch va g‘ayratimni ayamayman
10.08.2022, 16:02
-
Deputat yoshlar bilan uchrashdi
10.08.2022, 15:55
-
Mustaqillik yoshlar taqdirida
10.08.2022, 15:53
-
Qo‘ng‘irotlik mahalla yoshlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi
05.08.2022, 16:01
-
Mustaqilligimizning 31 yillik tantanasi munosabati bilan joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda
05.08.2022, 14:19
Fikringizni qoldiring