Chiroqchida O‘zLiDePning eng faol deputati va eng namunali quyi bo‘g‘ini aniqlandi

31.10.2018, 11:40

Chiroqchida O‘zLiDePning eng faol deputati  va eng namunali quyi bo‘g‘ini aniqlandi

Chiroqchida “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” hamda “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”  tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

– Tanlov bizga yana bir bor faoliyatimizni sarhisob qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etishga imkon berdi, – deydi O‘zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi raisi Momosuluv Berdiqulova. – Bugun aytilgan taklif-tavsiyalar quyi bo‘g‘in va deputatlarimizning faoliyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi, degan umiddamiz.

Tanlovda O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Farhod Elmurodov “Eng faol deputat”, “Axmad ota” fermer xo‘jaligi qoshidagi BPT esa “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” deb topildi.

Ta’kidlash joiz, hozirda O‘zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi qoshida 2 ming 213 nafar maslakdoshlarimizni jipslashtirgan 61 ta BPT, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhida 14 nafar xalq noibi faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1595
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

М.Абдувалиев Ҳалқ депутатлари Ш.Рашидов туман Кенгаши депутати ЎзЛиДеП депутатлик гуруҳи раҳбари Жиззах вилояти2018-10-31 14:30:47

O‘zLiDePнинг энг фаол депутати танловида иштирок этган барча ҳалқ депутатлари туман Кенгаши депутатларига жамиятимиз равнақи ва ривожи йўлида янада фаолликларини оширишларини ва бу жараёнда ҳормай,толмай меҳнат қилишларини ҳамда соғ саломат бўлишларини тилайман.


Fikringizni qoldiring

+