O‘zLiDeP ko‘magida 15 nafar yosh “Muhammadali hamkor biznes”da ish boshladi

01.11.2018, 16:28

O‘zLiDeP ko‘magida 15 nafar yosh “Muhammadali hamkor biznes”da ish boshladi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Uchqo‘rg‘on tumanidagi  “Muhammadali hamkor biznes” korxonasida O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Sen ham faol yoshlar safidasan!” loyihasi doirasida yoshlar forumini tashkil etdi.

Unda partiya viloyat, tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tadbirkor va fermerlar hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

Forum davomida ishtirokchilar korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

– Korxonamiz 2017 yilda faoliyat boshlagan, – deydi “Muhammadali hamkor biznes” bosh texnologi Hasanboy Burhonov. – Ayni chog‘da korxonamizda 100 dan ortiq yoshlar mehnat qilmoqda. Hozirda 500 gektar yer maydonida klaster usulida konserva va tomat mahsulotlarini ishlab chiqaryapmiz. 2019 yilda esa ko‘shimcha sexlar ochilish hisobiga yana 100 ta yangi ish o‘rni yaratmoqchimiz.

– Shu yil kasb-hunar kollejini tamomladim, – deydi Azizbek Arabboyev. – Lekin hozirga qadar o‘z mutaxasisligim bo‘yicha ish topolmayotgan edim. Partiyaning mazkur loyihasida ishtirok etib,  “Muhammadali hamkor biznes” korxonasiga sinov muddati bilan ishga qabul qilindim. Buning uchun forum tashkilotchilaridan minnatdorman.

Forum yakunida Azizbek singari 15 nafar yosh “Muhammadali hamkor biznes”ga ishga joylashdi.

Rustamjon HAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1006
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+