“Yosh oilalar bandligini ta’minlashda hammamiz bir yoqadan bosh chiqarishimiz lozim”, deyishmoqda samarqandlik faollarimiz

01.11.2018, 18:07

“Yosh oilalar bandligini ta’minlashda hammamiz bir yoqadan bosh chiqarishimiz lozim”,  deyishmoqda samarqandlik faollarimiz

O‘zLiDeP  Nurobod tuman Kengashi va tuman “Oila” ilmiy amaliy markazi hamkorligida partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Yosh oilalarda biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faol tadbirkorlar tajribasidan foydalanish” mavzuida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda  partiya dasturi va Saylovoldi platformasida belgilangan g‘oya, maqsad va vazifalar, shuningdek, O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tomonidan amalga oshirib kelinayotgan turli loyihalar mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi.

– Aholi turmush farovonligini oshirish, odamlarning xarid imkoniyatini yaxshilash borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar mamlakatimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladi, – deydi O‘zLiDeP Nurobod tuman Kengashi apparat rahbari M.Usanova. – Bunday ezgu maqsad yo‘lida barcha darajadagi partiya tashkilotlari va O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ham bir yoqadan bosh chiqarishi lozim. Xususan, yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturlari ijrosi ustidan samarali partiyaviy nazoratni o‘rnatish – birinchi galdagi vazifamizdir. 

Tadbirda endigina oila qurgan yoshlarga tajribali tadbirkorlar o‘z tajribalari haqida gapirib berishdi.

Marhabo ChO‘LIYEVA, 

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1015
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+