Pokiston va Rossiyaga mahsulot eksport qilayotgan “Khiva Silk Fabrik” muammolari O‘zLiDeP deputatlari nazoratiga olindi

01.11.2018, 18:17

Pokiston va Rossiyaga mahsulot eksport qilayotgan  “Khiva Silk Fabrik” muammolari  O‘zLiDeP deputatlari nazoratiga olindi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat va Xiva tuman Kengashlari partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Khiva Silk Fabrik” korxonasida “Xorazm viloyatida ipakchilikni rivojlantirishda mavjud imkoniyat va istiqbollar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etdi.

Muloqotda Prezidentimizning 2018 yil 12 yanvardagi “Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalar borasida fikr almashildi.

– Investitsiya loyihasining umumiy qiymati 1,5 mln dollar miqdorida moliyalashtirilmoqda, – deydi korxona rahbari Muzaffar Raximov. – Hozir 170 nafardan ziyod ishchi-xizmatchimiz 2 smenada mehnat qilyapti. Joriy yil oxiriga kelib 67 tonna kalava ip tola ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Tayyor ipak momig‘imiz bugungi kunda Pokiston Rossiyaga eksport qilinmoqda. Kelgusida boshqa davlatlar bilan ham shartnoma imzolash niyatimiz bor.  

Uchrashuvda korxonaning bugungi kundagi mavjud muammolari –  tutzorlar oralig‘ida qishloq xo‘jalik tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish, dukkakli va sabzavot ekinlarini yetishtirish uchun tumanga kamida 1 ta texnika zarurligi, elektr ta’minotidagi tez-tez uzilishlar, tutzorlar uchun suv tanqisligi kabi qator muammolar deputatlik nazoratiga olindi.                                                   

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

 

  • Ko'rildi
    1026
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+