Bulung‘urlik maslakdoshlarimiz soni 20 nafarga ko‘paydi

02.11.2018, 17:02

Bulung‘urlik maslakdoshlarimiz  soni 20 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Yuksak maqsadlar ro‘yobi – O‘zLiDeP bilan” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etdi.

 Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi X.Eronov partiyaning siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilishini ta’kidladi.

– Partiyamiz mamlakatimizda tadbirkorligi, tashabbuskorligi, o‘z ishini tashkil qilish, g‘oya va loyihalarini amalga oshirish evaziga shaxsiy, oilaviy farovonlikka hamda jamiyat farovonligiga intiluvchi barcha fuqarolarni birlashtiradi, – deydi X.Eronov. – Buni a’zolarimiz safi kundan-kunga ko‘payib borayotganidan ham sezish qiyin emas. Bugun ham a’zolarimiz safi yana 20 nafarga ko‘paydi.   

Tadbirda partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan tanlov va aksiyalar g‘oliblari aniqlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Eng faol fermer” nominatsiyasi bo‘yicha Hasan Qayumov, “Eng faol tomorqachi” nominatsiyasi bo‘yicha Abdusattor Murodov, “Eng faol  ijodkor” nominatsiyasi bo‘yicha Nigora Ummatova, “Eng faol nuroniy” nominatsiyasi bo‘yicha  Jamol Idiboyev g‘olib deb topildi.

G‘ulomjon MUXTOROV,

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik

guruhi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT #uzlidep15
  • Ko'rildi
    928
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+