20 dan ziyod so‘rov yuborgan xalq noibi Rishtonning eng yaxshi deputati deb topildi

02.11.2018, 17:24

20 dan ziyod so‘rov yuborgan xalq noibi Rishtonning eng yaxshi deputati deb topildi

O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining Rishton tuman bosqichi yakunlandi.  

Ko‘rik-tanlovda 40 ta quyi bo‘g‘in hamda 10 nafar deputat  ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” ko‘rik-tanlovida “Bo‘ston” MFY raisi, Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashi deputati Adxamjon Sobirov 1-o‘ringa munosib deb topildi. 

Ta’kidlash joiz, A.Sobirov aholi manfaati va turmush sifatini yaxshilash maqsadida mutasaddi tashkilotlarga 20 dan ziyod  deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilgan. Murojaatlari samarasi o‘laroq,  “Bo‘ston” MFY ko‘chalariga asfalt yotqizish, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga erishdi.

Rishton Paxta tozalash zavodi qoshidagi quyi tuzilma tumanning eng faol boshlang‘ich partiya tashkiloti deb topildi.

– 15 yillik izlanishlar va tashabbuslarni o‘z ichiga olgan partiyanining o‘n besh yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar  yillar davomida erishgan yutuq va kamchiliklarimizga yana bir bor nazar tashlash imkonini berdi, – deydi O‘zLiDeP  Rishton tuman  Kengashi apparati rahbari  Qudratjon Xojimatov. – Bu esa tajriba almashish, izlanishlarni ommalashtirish barobarida kamchiliklarimizni bartaraf etishimizda katta turtki bo‘lmoqda.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1111
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ойбек Саъдуллаев2018-11-03 15:36:45

Нимага бизнинг электаратимиздан бўлган, яъни тадбиркор ва фермерлар орасидан сайланган депутатлар фаоллик кўрсатишмаяпди.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-11-03 09:02:03

УзЛиДеП дан сайланган хар бир депутатимиз партиямиз билан биргаликда харакат килиши биринчи уринда хурмати, эътибори ва узида жавобгарчилни хис килишидан. Танлов голибларини табриклаймиз!


Fikringizni qoldiring

+