O‘zLiDeP savdoni erkinlashtirish to‘g‘risidagi farmon mazmun-mohiyati va ahamiyatini muhokama qilyapti

06.11.2018, 12:10

O‘zLiDeP savdoni erkinlashtirish to‘g‘risidagi farmon mazmun-mohiyati va ahamiyatini muhokama qilyapti

2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga umumiy qiymati 5 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi. Bu haqida  O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida Prezidentimizning “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbatida ta’kidlab o‘tildi.

Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari, Soliq, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitalari vakillari, partiya faollari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimizning mazkur farmoni tadbirkorlik sub’ektlari uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Xususan, ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash va savdo korxonalarini soliqqa tortishning maxsus tartibi, aksiz solig‘i solinadigan tovarlarning ayrim turlarini (avtomobil, o‘simlik yog‘i va boshqalar) sotishdan tushadigan tushumlar hisobini yuritish va undan foydalanishning maxsus tartibi hamda ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma olish talabi bekor qilindi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1032
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-11-06 15:13:58

Мамлакатимизда тадбиркорликни куллаб кувватлашга каратилган карорлар ва фармоийшлар барча харкаттдаги тадбиркорларимиз тамонидан кизгик куллаб кувватланиб, уларнинг келажакга деган умиди ошиб шу сохани янада кенгайттириш учун имкониятлар яратилганидан хурсанд.


Тошкулов Жобборкул Эркабаевич2018-11-06 14:33:26

2019 йил 1 январдан бошлаб жисмоний шахсларга умумий қиймати 5 минг АҚШ долларидан кўп бўлмаган товарларни божхона декларацияси тақдим этмасдан Ўзбекистон Республикасидан олиб чиқишга рухсат этилган ушбу Президентимизнинг “Товар бозорларида савдони янада эркинлаштириш ва рақобатни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармонини шахсан қўллаб-қувватлайман. Ушбу Фармон Биз Сирдарёликларни, тадбиркорларни янада рухлантирди. Юртбошимизга кўз тегмасин, узоқ ишлаб бизларга доимо бош бўлиб юрсинлар, умирлари ўзоқ бўлсинлар, Юртимизга ҳамда доно Президентимизга кўз тегмасин илохим.


Fikringizni qoldiring

+