O‘zLiDeP hazorasplik bir guruh fermerlarni taqdirladi
06.11.2018, 16:41

O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi tomonidan partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya tuman Kengashi xodimlari, BPT raislari, tadbirkor va fermerlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
–2003 yildan buyon fermerlik bilan shug‘ullanaman, – deydi “Polvonpir” fermer xo‘jaligi rahbari Shavkat Quryazov. – Bu yil paxta hosilini reja asosida 42 sentnerdan davlatga topshirdik va rejani ortig‘i bilan bajardik. Shu bilan birga, partiya tadbirlarida muntazam qatnashib turamiz. Sababi, jamiyatimizdagi yangiliklar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarning faol qatnashchisi bo‘lishimiz uchun partiya bizga zarur. Inchunun yangi qonunlardan xabardor bo‘lsak va unga amal qilsak, qonunlarda ko‘rsatilgan imtiyozlardan samarali foydalana olamiz.
Tadbirda partiya dasturiy maqsad-vazifalarini targ‘ib qilishdagi faolligi, vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi jonkuyarligi bilan yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan bir guruh partiya faollari O‘zLiDeP tuman Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.
M. ABDIRIMOV,
O‘zLiDeP Hazorasp tuman
Kengashi apparat rahbari
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Qo‘ng‘irotlik mahalla yoshlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi
05.08.2022, 16:01
-
Poytaxtlik tadbirkorlar ishtirokida muloqot o‘tkazildi
01.08.2022, 12:06
-
"Men ham tadbirkor bo‘laman" loyihasining Namangan viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi
01.08.2022, 12:03
-
“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining Sirdaryo viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi
29.07.2022, 12:03
-
“Men ham tadbirkor bo‘laman”: Husniddin Safarovning "SCIENCEWAY" mobil ilovasi va internet saytini yaratish bo‘yicha loyihasi g‘olib deb topildi
28.07.2022, 15:49
Fikringizni qoldiring