“Innovatsiyalar markazlarini ochishda tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlardan xursandmiz, deyishmoqda sirdaryolik partiyadoshlarimiz

06.11.2018, 16:50

“Innovatsiyalar markazlarini ochishda tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlardan xursandmiz,  deyishmoqda sirdaryolik partiyadoshlarimiz

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Tadbirda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mas’ul xodimlari, viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, viloyat va tuman (shahar) hokimlarining innovatsion bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

Tadbirda kun tartibidagi masalalar yuzasidan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi siyosiy ta’lim markazi rahbari N.Alimov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Sanoatni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i J.Samatov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Davlat va jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy etish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Haydarovlarning ma’ruzalari tinglandi.

–Mazkur tadbirda innovatsion g‘oyalar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar, yangi loyihalar, alohida ixtirolarni moliyalashtirish tartiblari to‘g‘risida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldim, – deydi tadbirkor O‘zLiDeP a’zosi Furqat Abdumannonov. – Farmonda har bir viloyat, tuman va shahar markazlarida innovatsiyalar markazini ochish va ushbu markazlarni tashkil etishda tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan imtiyozlar menda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda ishtirokchilarni o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Xoljigit ORTIQBOYEV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat

Kengashi huzuridagi

siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1037
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+