OʻzLiDeP O‘zDJTUda xotin-qizlar tibbiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi

07.11.2018, 12:31

OʻzLiDeP O‘zDJTUda xotin-qizlar tibbiy savodxonligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” va Uchtepa tuman Kengashi tomonidan partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat Jahon tillar universitetida “Ayollar salomatligi – jamiyat poydevori” mavzusida tadbir o‘kazildi.

Tadbirda “Doktor D” xususiy klinikasi ginekolog va mammolog shifokorlari, Uchtepa tumani faollari, o‘qituvchi ayollar hamda talaba qizlar ishtirok etdi.

– Qiz bola – bo‘lg‘usi ona,– deydi “Doktor D” xususiy klinikasi bosh shifokori o‘rinbosari, mammolog, professor Dilobar Mirrahimov. – Uning salomatligi, jismonan va ruhan tetikligi oilalar farovonligini ta’minlashga, oilada sog‘lom farzandlar dunyoga kelishiga zamin yaratadi. Shu boisdan qizlarimizning shifokor nazoratida bo‘lishi, tizimli ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishiga nafaqat oilaviy poliklinika shifokorlari, balki har bir ota-ona mas’uliyat bilan yondashishi lozim.

Tadbirda xotin-qizlar o‘rtasida reproduktiv salomatlikni ta’minlash, istalmagan homiladorlikning oldini olish, bexatar onalik, o‘smir qizlar o‘rtasida uchraydigan tibbiy muammolar haqida so‘z yuritildi.

OʻzLiDeP Toshkent shahar

 Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1058
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+