To‘raqo‘rg‘onda safdoshlarimiz soni 150 nafarga ko‘paydi

07.11.2018, 17:01

To‘raqo‘rg‘onda safdoshlarimiz  soni 150 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi bilan hamkorlikda partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “O‘zLiDeP yuksak marralarga chorlaydi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etdi.

Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari Nigora Nazarova partiya dasturiy maqsad va g‘oyalari, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida partiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda galdagi vazifalar haqida  to‘xtalib o‘tdi.

–Keyingi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, ayniqsa, nodavlat MTMni ko‘paytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi, – deydi To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 2 maxsus MTM mudirasi Xakima Xodjayeva. – Bizning tumanimizda ham ayni paytda 3 ta xususiy MTM  mavjud bo‘lib, ularda 70 nafarga yaqin bolajonlar tarbiyalanmoqda.

Tadbir yakunida tumandagi xususiy MTMlarda faoliyat yuritayotgan 150 nafar xotin-qiz partiya a’zoligiga qabul qilinib, ularga partiya guvohnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Husnida IMINJONOVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    989
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+