“Veterinariya” bo‘limi qoshidagi BPT eng namunali quyi bo‘g‘in deb topildi
07.11.2018, 17:22
O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan o‘tkazib kelinayotgan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovining Gurlan tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
– Tanlovda tumanimizda faoliyat yuritayotgan 66 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari vakillari ishtirok etdi, – deydi O‘zLiDeP Gurlan tuman Kengashi apparat rahbari Rasulbek Karimov. – Tanlov davomida har bir tayanch nuqtaning o‘tgan davr davomida qilgan amaliy ishlariga jiddiy e’tibor qaratdik. Faolligi, partiyamiz bilan doimiy hamkorligi va ko‘plab natijalari bilan ajralib turadigan tuman “Veterinariya” bo‘limi qoshidagi BPT tanlovning tuman bosqichi g‘olibi bo‘ldi.
Ta’kidlash kerak, Mavluda Shermetova raislik qilayotgan mazkur boshlang‘ich partiya tashkiloti partiyamiz tashkil topganining dastlabki kunlaridayoq tuzilgan edi. Dastlab 5 nafar a’zo bilan ish boshlagan quyi bo‘g‘inning a’zolar soni bugungi kunga kelib 42 nafarga yetgan.
Xursand ARTIQOV,
O‘zLiDeP Gurlan tuman
Kengashi ijrochi kotibi
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring