O‘zLiDeP buloqboshilik yosh tadbirkorga faoliyatini kengaytirishda ko‘maklashdi

07.11.2018, 17:39

O‘zLiDeP buloqboshilik yosh tadbirkorga faoliyatini kengaytirishda ko‘maklashdi

Shodiyona Ne’matova va uning shogirdlari tikkan trikotaj kiyimlarining xaridori ko‘p. Hali yosh bo‘lishiga qaramay, yashash uyida kichik tseh tashkil qilgan Shodiyona endilikda mahalla markazida ham tseh tashkil qilmoqchi.

O‘zLiDeP Buloqboshi tuman Kengashi tomonidan partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Yosh lider qizlar klubi faoliyatini yaxshilash – ustuvor vazifamiz” mavzuida o‘tkazilgan davra suhbati Shidiyonaning o‘z faoliyatini yanada kengaytirishda turtki bo‘ldi.

Tadbirda “Barlos xiloli” xususiy korxonasi rahbari Sharobiddin Djanpulatov ishtirokchilar uchun master-klass o‘tdi.

–Bugungi tadbirda o‘zimiz uchun kerakli maslahat, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar oldik, – deydi Sh.Ne’matova. – Hatto tadbirkorligimni kengaytirishdagi maqsadimni  amalga oshirish uchun partiya ko‘magida bankdan imtiyozli kredit olishga ham erishdim.

Tadbir yakunida partiya faxriylari O‘zLiDeP tuman Kengashining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mirzohid PARPIYEV,

 O‘zLiDeP Buloqboshi tuman Kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    915
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-11-08 14:59:00

Мастер класс утказиш тадбиркорликни янада ривожлантириш учун имкониятлар яратади.


Fikringizni qoldiring

+