Samarqandda Prezident qarori mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

08.11.2018, 15:35

Samarqandda Prezident qarori mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston  Respublikasini innovatsion  rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, partiya viloyat Kengashi, Innovatsion rivojlantirish vazirligi mas’ul xodimlari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashdagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tadbirkorlar, fermerlar hamda OAV vakillari qatnashdi.

Tadbir davomida qaror ahamiyati borasida qator tashkilot vakillari, olimlar va partiya faollarining fikr-mulohazalari tinglandi.

– Qonunchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi turmush tarzini yaxshilash kabi pirovard maqsadlar mujassam, – deydi O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon  Alimov. – Chunonchi, barcha sohalariga kiritilayotgan innovatsiyalar, yangiliklarga mazkur maqsadlarga yetaklovchi yorug‘ yo‘ldir, deya baho berish mumkin.

Tadbirda samarqandlik yosh olim va kashfiyotchilarning yangi loyihalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    1162
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+