Jahongir G‘aniyev Jizzaxning eng faol targ‘ibotchisi deb topildi

12.11.2018, 17:41

Jahongir G‘aniyev Jizzaxning eng faol targ‘ibotchisi deb topildi

Jizzaxda O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Vatanimiz taraqqiyotida O‘zLiDePning roli” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

–Tanlov davomida “Eng faol partiya targ‘ibotchisi”, “Elektorat bilan ishlashda faol boshlang‘ich partiya tashkiloti”, “Eng faol partiya a’zosi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlandik, – deydi O‘zLiDeP  Jizzax shahar Kengashi ijrochi kotibi Ma’mura Meliboyeva. – An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan mazkur tanlovning joriy yildagi ishtirokchilari o‘z faolliklari bilan ajralib turishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Jahongir G‘aniyev tanlovning “Eng faol partiya targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha, Wilnur trayd qoshidagi BPT “Elektorat bilan ishlashda faol boshlang‘ich partiya tashkiloti”, “Eng faol partiya a’zosi” nominatsiyasi bo‘yicha esa Davron To‘xtamurodov g‘olib deb topildi.

Tanlov yakunida ishtirokchilar partiyaning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Saidaxon UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP  Jizzax viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
#uzlidep15
  • Ko'rildi
    914
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+