Yangiyerlik yosh tadbirkor O‘zLiDePning 500 minginchi a’zosiga aylandi
13.11.2018, 16:47

Sirdaryo viloyatidagi “Hoji Bahodirxon ota” korxonasi rahbari Hasan Jabborov Janubiy Koreya texnologiyasi asosida pomidor yetishtiruvchi 2 ta issiqxona barpo etdi. Tadbirkorning aytishicha, u joriy yilda ana shu issiqxonadan 400-440 tonna hosil olish mo‘ljallanmoqda. Yetishtirilgan mahsulotni mahalliy bozor va qo‘shni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan. Quvonarlisi, faoliyatiga innovatsion texnologiyani joriy qilgan mazkur tadbirkor O‘zLiDePning 500 minginchi a’zosiga aylandi.
– Yarim million tarafdorga ega partiya a’zosiga aylanganimdan faxrlanaman, – deydi tadbirkor. – Bu menga nafaqat siyosiy jarayonlarga faol ishtirok etish, balki mamlakatimizdagi barcha tadbirkorlari bilan muloqot qilishga va tajriba almashishga imkon beradi. Bundan keyingi faoliyatimni partiya bilan hamkorlikda olib boraman.
Ta’kidlash kerak, sanoqli kunlardan keyin tadbirkorlar, fermerlar va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida siyosiy maydonga chiqqan O‘zLiDeP tashkil topganiga 15 yil to‘ladi. Mazkur sana munosabati bilan joylarda o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida partiyamiz faoliyati sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilib olinmoqda. Sarhisob tadbirlarida tadbirkorlar manfaatlarini ishonchli himoya qilish, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari va O‘zLiDeP fraksiyasi ko‘magida aholini qiynayotgan muammolarni hal etish, partiyamiz a’zolari sonini oshirish kelgusi yillarda ham partiyamizning ustuvor vazifasi bo‘lib qolishi alohida ta’kidlanmoqda.
O‘zLiDeP matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Namanganda “O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
21.12.2018, 11:30
-
Namanganda “O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
12.12.2018, 14:51
-
O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida
06.12.2018, 15:58
-
Fidoyilik va mas’uliyat partiya tashkiloti nufuzini oshiradi
19.11.2018, 16:45
-
Qoraqalpog‘istonning eng faol tumani, quyi bo‘g‘ini va deputati aniqlandi
19.11.2018, 16:41
Fikringizni qoldiring