Farg‘onaning eng faol deputati, partiya tashkiloti va quyi bo‘g‘ini aniqlandi
13.11.2018, 17:21

Farg‘onada O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti”, “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda tanlovning tuman va shahar bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.
–Bu yil partiyamiz tashkil topganiga 15 yil to‘ladi, – deydi Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi M.Maxametova. – O‘tgan davr mobaynida partiyamiz tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. E’tiborlisi, partiya aholi, ayniqsa, tadbirkor va ishbilarmonlarning chinakam suyanchi bo‘la oldi. O‘ylaymanki, bundan buyon ham partiyamiz nafaqat elektoratimiz vakillarini, balki aholini qiynayotgan muammolarni ham o‘z vaqtida hal etadi. Chunki maqsadimiz bitta – aholi turmush farovonligini yaxshilash va xalqni hayotdan rozi qilish.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar partiya viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.OTABOYEV,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati
Kengashi bo‘lim mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan BPTlarda mustaqillik bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda
09.08.2022, 15:41
-
Ayolni e’zozlasak - e’zoz topamiz
09.08.2022, 15:38
-
BPT faollariga istiqlol bergan ne’matlar tushuntirib o‘tildi
04.08.2022, 16:28
-
Yangibozorning 30 nafar mahalla raislari partiya safiga qo‘shildi
25.07.2022, 14:58
-
Bosh qomusimizda mehnat huquqiga doir yangi normalar kiritilmoqda
22.07.2022, 16:21
Fikringizni qoldiring