Farg‘ona politexnika institutining 20 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi
14.11.2018, 16:45

O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Orzular ro‘yobi – O‘zLiDeP bilan” shiori ostida tadbir tashkil etdi.
Unda partiya shahar Kengashi xodimlari, Farg‘ona politexnika instituti talaba-yoshlari, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, Xalq deputatlari shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda BPT raislari ishtirok etdi.
– Siyosiy partiyalar va deputatlar faoliyatini OAV orqali muntazam kuzatib boraman, – deydi tadbir ishtirokchisi Nozimjon Isomiddinov. – Bugungi tadbir davomida ham partiyalar, ayniqsa, O‘zLiDeP haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Shu bois O’zLiDeP safiga kirishni niyat qildim. Yagona maqsadim esa – xalq uchun astoydil xizmat qilish, partiya nufuzini ko‘tarishda o‘z hissamni qo‘shish.
Tadbir yakunida Farg‘ona politexnika institutining 20 nafar talabasi O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi.
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yangi O’zbekistonning yanada taraqqiy etishi uchun bor kuch va g‘ayratimni ayamayman
10.08.2022, 16:02
-
Deputat yoshlar bilan uchrashdi
10.08.2022, 15:55
-
Mustaqillik yoshlar taqdirida
10.08.2022, 15:53
-
Qo‘ng‘irotlik mahalla yoshlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi
05.08.2022, 16:01
-
Mustaqilligimizning 31 yillik tantanasi munosabati bilan joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda
05.08.2022, 14:19
Bildirilgan fikrlar
Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-11-14 16:51:21
O’zLiDeP га аъзолар сафи кенгайиб борсин. Барчани партиянинг 15 ёши билан табриклаб, ишларга омад тилаб қоламан.