Andijonda O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 3000 tup manzarali gul ko‘chatlarini ekdi

14.11.2018, 16:55

Andijonda O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 3000 tup manzarali gul ko‘chatlarini ekdi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan partiyaning 15 yilligi munosabati bilan viloyatning barcha shahar va tumanlarida “74 tup gul ko‘chat” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiyaning ilk manzili Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat uyi” bo‘ldi.

Mazkur muassasa rahbari, O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligidagi 50 nafardan ziyod safdoshlarimiz muassasa atrofi hamda Qo‘rg‘ontepa-Qorasuv yo‘nalishidagi yo‘lning ikki chetiga 3000 tup manzarali va shifobaxsh gul ko‘chatlarini ekishdi.

– Bunday aksiyaning o‘tkazishdan maqsad, ayol va gulning, ayol va obodlikning, ayol va go‘zallikning hamohangligini siyosiy maydonda ham namoyon eta olish, – deydi “Muruvvat uyi” rahbari Xurshidaxon Xalilova. – Shu bois, partiyamizning 15 yilligiga “Ayollar qanoti”dan munosib sovg‘a sifatida barcha shahar va tumanlarda ana shunday obodonlashtirish ishlarini olib boryapmiz.

Ta’kidlash kerak, aksiya doirasida viloyatning Baliqchi, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida belgilangan joylarga gul ko‘chatlari ekish va sug‘orish ishlari olib borildi.

Umidaxon ISAYEVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    989
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+