Andijonda O‘zLiDePning 15 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
16.11.2018, 17:24

Andijonda O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “O‘zLiDeP bilan yuksalish sari” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida partiyaning 15 yilligiga bag‘ishlangan “Sarhisob” nomli videorolik namoyish etildi. Videorolikda aks etgan partiya viloyat Kengashi faoliyati, bayram munosabati bilan bo‘limlar tomonidan o‘tkazilgan “74 tup gul ko‘chat”, “O‘zLiDeP 15 yoshda”, “O‘zLiDeP bilan biz kuchmiz!”, “O‘zLiDePni bilasizmi?” nomli aksiyalar namoyishlari barchaga ko‘tarinkilik baxsh etdi.
–Partiyamizning bugungi yutuqlari, shubhasiz, bu yerga jam bo‘lganlarning mehnatlari evaziga bo‘lganini unutmasligimiz kerak, – deydi partiya viloyat Kengashi raisi Tohirjon Tolipov. – Biz bugun ayyom bahona ularning har birini e’tirof etishga, qadrlashga harakat qildik. Ular qo‘ygan poydevorni bugun izdoshlar, yoshlar qasr etib ko‘tarishmoqdaki, bu yangi g‘oya va tashabbuslarda yaqqol ko‘rinyapti.
Tadbir davomida partiya viloyat Kengashida uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar, samarali faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar hamda partiya hayotini OAVda eng ko‘p yoritgan jurnalistlar partiyaning “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakuni viloyatning taniqli san’atkorlari ijrosidagi go‘zal-kuy-qo‘shiqlarga ulanib, barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.
Muyassarxon UMURZAQOVA,
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Namanganda “O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
21.12.2018, 11:30
-
Namanganda “O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
12.12.2018, 14:51
-
O‘zLiDeP – 15 yil xalq xizmatida
06.12.2018, 15:58
-
Fidoyilik va mas’uliyat partiya tashkiloti nufuzini oshiradi
19.11.2018, 16:45
-
Qoraqalpog‘istonning eng faol tumani, quyi bo‘g‘ini va deputati aniqlandi
19.11.2018, 16:41
Fikringizni qoldiring