Qoraqalpog‘istonning eng faol tumani, quyi bo‘g‘ini va deputati aniqlandi
19.11.2018, 16:41

O‘zLiDeP hududiy kengashlari tomonidan tashkil etilayotgan “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti”, “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” va “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi eng faol deputat” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi S.Turmanov yig‘ilganlarni, barcha maslakdoshlarimizni partiyaning 15 yillik bayrami bilan tabriklab, o‘tgan davr mobaynida partiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
–Mazkur tanlov partiya maqsad va vazifalarini joylarda targ‘ib qilish, aholi, ayniqsa, tadbirkor, ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishda jonbozlik ko‘rsatgan maslakdoshlarimizni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi, – deydi S.Turmanov. – Shu bois, g‘oliblarni aniqlashda ayni shu masalalarga jiddiy e’tibor qaratdik. To‘g‘risi, ishtirokchilar bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida ularning o‘z ishiga bo‘lgan munosabati meni juda xursand qildi. Agar partiyamiz safi ana shunday shijoatli, mas’uliyatli xodimlar bilan kengayib boraversa, albatta, aholining bizga bo‘lgan ishonchi yanada oshib boraveradi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra, “Nukus Yevro Stroy” MChJ qoshidagi BPT “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi A.Duysenov “Eng faol deputat”, partiya Amudaryo tuman Kengashi “Eng namunali tuman partiya tashkiloti” deb topildi.
O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
-
BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?
02.03.2023, 17:25
-
BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32
-
G’alvir suvdan qanday ko‘tarilyapti?
02.03.2023, 11:15
Fikringizni qoldiring