O‘zLiDeP har bir oilaga tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘makdosh

20.11.2018, 17:18

O‘zLiDeP har bir oilaga tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko‘makdosh

O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi “Shamsiddin-Bibixonim” MChJda “O‘zLiDeP – har bir oila tadbirkor bo‘lishi tarafdori” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish va yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zLiDeP dasturiy maqsad va g‘oyalari bilan hamohangligi ta’kidlandi.

–Shahrimizda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Faqat bu imkoniyatlardan samarali foydalanish kerak, – deydi O‘zLiDeP Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi apparat rahbari Nabijon Artiqov. – Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga esa partiyamiz doim yordamga shay. Chunki joriy yilning o‘zida partiya ko‘magida yangi-yangi tadbirkorlar kashf qilindi, mingga yaqin yoshlar, xotin-qizlar bandligi ta’minlandi. Asosiy maqsadimiz ham aholi bandligini ta’minlash, xalqni hayotdan rozi qilishdan iborat.  

Tadbirda so‘z olgan “Shamsiddin-Bibixonim” MChJ rahbari Sanobar Vohidova va boshqalar yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida hayotga tatbiq etilayotgan ishlar haqida so‘z yuritib, bunda O‘zLiDePning ham alohida o‘rni borligini qayd etishdi.

–Korxonamiz 2008 yilda tashkil etilgan, – deydi S.Vohidova. – Ayni chog‘da 10 turdan ortiq shirinlik va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqaryapmiz. Korxonamizda 30 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Kelgusida ham partiya ko‘magida faoliyatimizni yanada kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish niyatimiz bor.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1137
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+