O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” pastdarg‘omlik ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar holidan xabar oldi

21.11.2018, 16:30

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” pastdarg‘omlik ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar holidan xabar oldi

O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tumandagi “Temirxo‘ja”, “Nayman”, “A.Temur” mahallalari aholisi uchun ochiq muloqot tashkil etdi.

Tegishli soha vakillari, partiya tuman Kengashi xodimlari, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda tuman “Oila” ilmiy amaliy markazi mas’ullari ishtirok etgan tadbirda ko‘plab xotin-qizlarning muammosiga yechim topildi.

–Keyingi paytda tumanimizda xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlar ko‘lami yanada kengaydi, – deydi O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Ishmurodova. – Biroq, shunga qaramay ko‘pchilik ayollarimiz o‘z haq-huquqlarini bilmaydi, oddiy muammolarni hal etishga qiynaladi. Bu esa jamiyatda bir qator salbiy holatlarni yuzaga keltirmoqda. Shu bois, hozirda oilalarda sog‘lom muhitni yaratish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik asosida oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratyapmiz.

Tadbirda shuningdek, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lgan ayollar bilan yakka tartibda ishlash, xotin-qizlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.

Muloqot so‘nggida hududdagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar holidan xabar olindi.

Marhabo ChO‘LIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+