O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” 50 nafar xotin-qizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi
21.11.2018, 16:32
O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi “Ayollar qanoti” “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari” mavzuida tibbiy ko‘rik tashkil etdi.
Ko‘rik davomida 50 ga yaqin xotin-qizlar, nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar a’zolari hamda yolg‘iz, boquvchisini yuqotgan qariyalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
–Aholi ayniqsa, xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari juda zarur, – deydi vrach-gematolog Dilorom Shovvozova. – Sababi, tuman markaziy shifoxonasi bilan qishloq oilaviy poliklinikalari oralig‘i olis. UZI, EKG tekshiruvlari qishloq oilaviy poliklinikalarida mavjud emas. Shu bois, ko‘pchilik xotin-qizlarimiz vaqtida tibbiy tekshiruvlardan o‘tmaydi. Bu esa oddiy kasalliklarni ham jiddiy tus olib ketishiga sabab bo‘ladi.
– Tibbiy ko‘rikni hududimizda tashkil etilgani ayni mudao bo‘ldi, –deydi tadbir ishtirokchisi Robiya Xatamova. –Boisi, ko‘rik davomida farzandlarim bepul shifokor ko‘rigidan o‘tishdi. Ochig‘i, bugungi ko‘rikda tibbiyot xodimlarining o‘z ustida tinimsiz ishlayotganiga yana bir bor guvoh bo‘ldim. Ishonamanki, bu kabi tadbirlar davom etadi.
Tadbir yakunida keyingi paytda xotin-qizlar orasida ko‘p uchrayotgan kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha zarur maslahatlar berildi, ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Marhabo ChO‘LIYEVA,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi bo‘lim mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring