Xorazmlik partiyadoshlarimizga Prezident Farmoni mohiyati tushuntirildi

22.11.2018, 15:10

Xorazmlik partiyadoshlarimizga Prezident Farmoni mohiyati tushuntirildi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar tashkil etdi.

Unda tegishli soha vakillari, Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidashi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, BPT raislari, tadbirkor va ishbilarmonlar hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

–Tadbir davomida o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan ko‘plab ma’lumotlarni oldik, – deydi Urganch Davlat Universiteti talabasi Alisher Mo‘minov. – Shuningdek, kelgusi 2019 yil uchun tasdiqlanadigan Davlat dasturiga qanday masalalarni qo‘shimcha kiritish lozimligi borasida ham o‘z fikrlarimizni bildirdik. Bu kabi ochiq muloqotlar har birimizning siyosiy jarayonlar bilan baravar qadam tashlashimizga katta yordam berishiga ishonamiz.

Tadbirda shuningdek, Prezidentimizning 2018 yil 5 maydagi “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  Qarori ijrosini ta’minlash borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham kengroq ma’lumotlar berildi.

Tadbir so‘ngida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlarning yaratgan mahsulotlari ko‘rgazmasi ham namoyish qilindi.                                                                                                              

Doniyor KARIMOV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    894
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+