“Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun kam foizli, uzoq muddatli kreditlar ajratish kerak”, deyishmoqda namanganlik maslakdoshlarimiz
22.11.2018, 15:30
O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Partiya viloyat Kengashi xodimlari, Innovatsion rivojlantirish vazirligi vakillari hamda tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etgan tadbirda innovatsion g‘oyalar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar, dolzarb loyihalarni moliyalashtirish tartiblari haqida kengroq ma’lumotlar berildi.
–Hozirda viloyatimizdagi har bir tumanda fan-klublar tashkil etganmiz, – deydi Namangan viloyat investitsiya va innovatsiya markazi mutaxassisi Begzod Shamsiddinov. –Maqsad o‘z innovatsion g‘oyasiga ega iqtidorli, izlanuvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning kashfiyotlarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Tadbirda shuningdek, namanganlik olim va kashfiyotchilarning yangi loyihalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun kam foizli, uzoq muddatli kreditlar ajratish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish taklifi bildirildi.
Yulduz YULDASHEVA,
O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengash
matbuot xizmati kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Ona tilim o‘lmaydi
18.10.2023, 17:36
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya o‘qitilmoqda, o‘rganilmoqda
05.09.2023, 16:36
-
Referendumda O`zLiDePdan ishtirok etadigan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
18.04.2023, 17:28
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
Fikringizni qoldiring