Senator tadbirkor ayollarga 18 mln. so‘m miqdorida kredit olib berdi

27.11.2018, 17:31

Senator tadbirkor ayollarga  18 mln. so‘m miqdorida kredit olib berdi

Oliy Majlis Senati a’zosi, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi J.Xodjayev “Istiqlol” mahallasi aholisi bilan uchrashdi.  

Sayyor qabulda Navoiy viloyat va shahridagi korxona, muassasa va tashkilot rahbarlari, “Istiqlol”, “Hayot” va “Guliston” mahallasi ahli ishtirok etdi.

Dastlab deputat joriy yilda amalga oshirgan deputatlik faoliyati haqida saylovchilarga hisobot berdi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida deputat tashabbusi bilan “Guliston” mahallasidagi kanalizatsiyani ta’mirlash ishlari 2019 yilgi Davlat dasturiga kiritildi, 2 km ichki yo‘llar ta’mirlandi, 12 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi. Eng muhimi, J.Xodjayev tashabbusi bilan “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 3 nafar yosh tadbirkorga 98 mln so‘mga yaqin imtiyozli kredit ajratildi.

Uchrashuv davomida deputat hudud aholisini qiynayotgan qator  muammolarni o‘rgandi. Jumladan, “Istiqlol” MFYda yashovchi K.Nurqadamova va “Hayot” MFY fuqarosi S.Yo‘ldoshevalar o‘z biznesini davom ettirish uchun imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘radi. Deputat aralashgach, tadbirkor ayollarga shu kunning o‘zida “Xalq bank”i Navoiy viloyat filiali tomonidan 18 mln so‘m kredit ajratildi.

Ish joylashish masalasida murojaat qilgan Nodira Hayitovaga shu yil 1 dekabrdan boshlab haq to‘lanadigan jamoatchilik ishiga jalb etilishi bo‘yicha hujjatlar taqdim etildi.

O`zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1358
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Raxmatova Shalola2020-04-30 23:42:27

Mening yoshm 19 da Yurdik kollej talabasiman .Imtiyozli kriditdan foydalanib o'z tadbirkorligimi yo'lga quymoqchiman . Shunga yordam bershingizni surayman .


Feruz2019-03-26 09:19:49

Sayt yaxshi, xamma narsa bor


Fikringizni qoldiring

+