Namanganlik maslakdoshimiz parrandalar uchun omuxta yem komponentlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurish bo‘yicha xorijlik investorlar bilan bitim imzoladi

27.11.2018, 17:39

Namanganlik maslakdoshimiz parrandalar uchun omuxta yem komponentlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurish bo‘yicha xorijlik investorlar bilan bitim imzoladi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi, partiya Namangan viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Sobitxon Nugmonov viloyatdagi eng faol  tadbirkorlardan biri. Uning tashabbusi bilan Namangan shahridagi “SAMO  PLYUS  TA`MIR” korxonasida sig‘imi 1100 tonnali sovutgichli omborxona va 2 ta issiqxona barpo etilmoqda.

Shuningdek, S.Nugmonov biznes vakillariga ko‘makdosh sifatida ularning ish faoliyati davomida kelib chiqadigan muammolarini bartaraf etish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini barqarorlashtirishda tadbirkorlarga yelkadosh bo‘lib, viloyat rivojigi katta hissa qo‘shmoqda.

– Mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar forumi va yarmarkalar biz tadbirkorlarga xaridor va hamkorlar topish va xorijiy investorlar bilan birga ishlash madaniyatini oshirishda muhim omil bo‘ldi, – deydi S.Nugmonov. – Masalan, yaqinda poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Turizm sohasida birinchi xalqaro investitsion forumi”da investorlar tashrifidan foydalanib, viloyatda barpo etilishi rejalashtirilgan, zamonaviy texnologik-liniyalarda parrandalarni so‘yish, bo‘laklarga ajratish, qadoqlangan holda sotuvga chiqarishga va parrandalar uchun omuxta yem komponentlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod qurish bo‘yicha xorijlik investorlar bilan bitim imzoladik.

Ta’kidlash kerak, o‘tgan 9 oy mobaynida S.Nugmanovning joylarda muammolar yechimini topishdagi ishtiroki natijasida partiyamiz a’zolari soni 60 nafarga ko‘paydi.  

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengash matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1079
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+