O‘zLiDeP Shahrisabzlik fermerlarga Prezident qarori mohiyatini tushuntirdi

28.11.2018, 17:40

O‘zLiDeP Shahrisabzlik fermerlarga  Prezident qarori mohiyatini tushuntirdi

O‘zLiDeP Shahrisabz tuman Kengashi “Umidjon Mansurovich” baliqchilik fermer xo‘jaligida Prezidentimizning “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etdi.

Tadbirda mamlakatimizda baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etgan holda hajmlarini oshirish, sohani tartibga solish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.  

– Mamlakatimizda baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilyapti, – deydi O‘zLiDeP Shahrisabz tuman Kengashi apparati rahbari Sh.Rajabov. – Biroq intensiv usulda baliq yetishtirish bo‘yicha ishlarga yetarli darajada e’tibor qaratilmayapti. Shu bois, hozirda mazkur huquqiy hujjat mohiyatini sohada faoliyat yuritayotgan fermerlarga tushuntirish borasida qator targ‘ibot ishlarini olib boryapmiz. Zero, ushbu qarorda intensiv usulda baliq yetishtirishga oid ko‘plab ustuvor vazifalar belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, Mansur Oqboyev rahbarlik qilayotgan mazkur xo‘jaligi 2005 yilda tashkil etilgan. Umumiy maydoni 9.6 gektardan iborat xo‘jalikda 25 nafar yigit-qiz mehnat qilmoqda.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    976
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+