ATB “Qishloq qurilish bank” Namangan shahar filialidagi tarafdorlarimiz soni 35 nafarga ko‘paydi

29.11.2018, 17:31

ATB “Qishloq qurilish bank” Namangan shahar filialidagi tarafdorlarimiz soni 35 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi ATB “Qishloq qurilish bank” shahar filiali qoshidagi BPTda “Harakatlar strategiyasi faoliyatimizning asosiy mezonidir” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar hamda mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida partiya tomonidan joylarda olib borilayotgan amaliy ishlar haqida so‘z bordi.

–Xalqimizning porloq kelajagini o‘zida mujassamlashtirgan  Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosida barchamiz mas’ulmiz, – deydi O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi apparat rahbari Sohiba Gapparova. – Bugungi tadbirda ham aholini, ayniqsa, ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik, oilaviy biznes hamda hunarmandchilikni rivojlantirishni maqsad qilganmiz.

Tadbir yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 35 nafar xodim O‘zLiDeP safiga qabul qilindi.

Erkin AHMEDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1370
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+