O‘zLiDeP faoli Rustam Usmonov 40 ta ish o‘rni yaratmoqchi

30.11.2018, 16:45

O‘zLiDeP faoli Rustam Usmonov   40 ta ish o‘rni yaratmoqchi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor parranda” parhezbop go‘sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

– O‘tgan yil 2 mlrd. so‘m kredit evaziga faoliyat boshlagan edik, – deydi “Zarbdor parranda” ish yurituvchisi Shamsiddin Toshboyev. – Ayni chog‘da jamiyat a’zolari aholi dasturxoniga oyiga 45 tonna parranda go‘shti yetkazib beryapti. Mahsulotning bir qismini tuman markazidagi shaxobchamizda sotyapmiz. Shu kunlarda esa bo‘sh turgan binoni nol qiymatda olib, 30 ming dona broyler jo‘ja parvarishlash uchun qo‘shimcha joy hozirlayapmiz. Bu 40 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Ta’kidlash kerak, korxonada broyler jo‘ja parvarishlash maqsadida 208 gektar maydonda ozuqa yetishtiriladi. Yetishtirilgan ozuqani korxonaning o‘zida qayta ishlanadi. Mahsulotni saqlash uchun 120 tonnalik muzlatgich ham barpo etilgan. 

Jahongir BOSIMOV,

O‘zLiDeP Zarbdor tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1286
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умидахон Исаева. Андижон вилоят кенгаши Аёллар қаноти бўлим мудири2018-11-30 17:22:36

Жиззах вилояти Зарбдор туманидаги “Зарбдор парранда” парҳезбоп гўшт ишлаб чиқариш каби тадбиркорлар ва фермерлар бизнинг партия аъзолари бўлганидан фахрланаман. Ишларда омад ёр бўлсин.


Fikringizni qoldiring

+