O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini qo‘rg‘ontepalik tadbirkorga 25 mln. so‘m imtiyozli kredit olib berdi

05.12.2018, 17:02

O‘zLiDeP quyi bo‘g‘ini qo‘rg‘ontepalik  tadbirkorga 25 mln. so‘m imtiyozli kredit olib berdi

Muzaffar Yusupov 7 foizlik imtiyozli kredit olib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi edi. Yugur-yugurlardan charchab, ishonchi so‘na boshlaganda unga O‘zLiDeP Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi qoshidagi BPT hamda partiya viloyat Kengashi BPTlar bilan ishlash guruhi mutasaddilari suyanch bo‘ldi.

Partiya xodimlari M.Yusupovga maqsadlarini amalga oshirish uchun tijorat bankidan 25 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishga ko‘maklashdi. Ayni kunda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan O‘zLiDeP faoli o‘z mahallasidagi 3 nafar vaqtincha ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlagan.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Oq suv” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan “Konstitutsiya – huquqlarimiz himoyachisi” mavzusidagi tadbirda M.Yusupov singari partiya ko‘magi bilan tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan faollar, ishbilarmonlik muhitida o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yoshlar ishtirok etdi.

–Tadbirkorlikni boshlashda, albatta, qonuniy asoslarga suyanish kerak, – deydi Muzaffar Yusupov. – Partiya bilan hamnafaslik ana shunday tadbirlarda yaqqol namoyon bo‘layotgani – yutug‘imizdir.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tumandagi “Khantex Group”  mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishishdi.

Saidolim TO‘RAXO‘JAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1077
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+