Farg‘onadagi O‘zLiDeP sayyor qabullarida 2200 dan ziyod murojaatlar ijobiy yechim topdi

05.12.2018, 17:11

Farg‘onadagi O‘zLiDeP sayyor qabullarida 2200 dan ziyod murojaatlar ijobiy yechim topdi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi Qo‘qon shahrida Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlab “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” mavzuida sayyor qabul tashkil etdi.

Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi mas’ul xodimlari, partiya viloyat va shahar Kengashi faollari, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, shahar hokimligi vakillari ishtirok etdi.

Qabulda joriy yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashiga 2 ming 529 murojaat kelib tushgani, shundan 709 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, 102 fermer xo‘jaligi, 399 bank-moliya, 124 huquqni muhofaza qilish, 1195 tasi esa ijtimoiy muhofaza sohalariga oid murojaatlar ekani ta’kidlandi.

– Murojaatlarning 2206 qanoatlantirildi, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri M.Maxametova. – Muammolarni hal etishda albatta, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolarining hissasi katta. Boisi, ularning say’-harakati bilan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.

Yuzma-yuz muloqot davomida shahardagi 28-“Achchiqko‘l”, 45-“Ashurali Zoxiriy” MFY fuqarolaridan pensiya ta’minoti, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘lanadigan nafaqa, bank-moliya, soliqqa tortish, tabiiy gaz hamda elektr energiyasidagi uzilishlar, obodonlashtirish va yo‘llarni ta’mirlash kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida murojaatlarning salmoqli qismi joyida hal etildi, qolganlari nazoratga olindi.

Ta’kidlash kerak, joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi qabullarda aholining og‘irini yengil qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishga jiddiy e’tibor qaratilayotgani odamlarning partiyamizga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda. 

A.OTABOYEV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Sayyor qabul
  • Ko'rildi
    958
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+